
Davlat va nodavlat tibbiyot tashkilotlarida Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan tibbiy yordam ko‘rsatish tartibi tasdiqlandi. Bu haqda Adliya vazirligi ma’lum qildi.
Yangi nizomga muvofiq, tibbiy xizmatlar yo‘llanma asosida quyidagilarga ko‘rsatiladi:
- tuman (shahar) va hududiy darajalarda – aholining barcha toifalariga;
- respublika darajasida – imtiyozli bemorlarga.
Bemorlar tibbiy yordam olish uchun biriktirilgan birlamchi tibbiy muassasaga murojaat qiladi. Oila shifokori ularni ko‘rikdan o‘tkazib, zarur hollarda tor soha mutaxassisiga yo‘naltiradi.
Mutaxassis bemorni bir ish kuni ichida amaldagi klinik protokollar asosida ko‘rikdan o‘tkazadi. Agar stasionar davolanishga ehtiyoj aniqlansa, yo‘llanma axborot tizimi orqali beriladi.
Respublika darajasida yo‘llanma bo‘yicha hujjatlar tibbiy-tanlov komissiyalari tomonidan ko‘rib chiqiladi va ikki ish kuni ichida elektron tizim orqali xulosa taqdim etiladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda vaqtinchalik mehnatga layoqatsizlik nafaqasi avtomatik tayinlanishi haqida yozgan edik.