Gadjetlar

Google Gemini chat-botiga yangi funksiya joriy etdi

Yangilanish hozirda veb-versiyada mavjud
Google Gemini chat-botiga yangi funksiya joriy etdi / Foto: Technology Magazine

Google o‘zining sun’iy intellektga ega Gemini chat-boti uchun foydali yangilanishni taqdim etdi. Bu haqda The Verge nashri ma’lum qildi.

Endi Gemini foydalanuvchining Gmail, Google Disk va Google Chatdagi ma’lumotlarni ishlatib, chuqur tadqiqotlar va tahliliy so‘rovlarni bajarishi mumkin. Google blogida bu yangilik «Gemini Deep Research» funksiyasi deb e’lon qilindi.

Foto: Google

Yangi funksiyaning asosiy imkoniyati — foydalanuvchining hujjatlari, slaydlari, jadvallari, PDF fayllari va elektron pochta yozishmalaridan ma’lumotlar olib, batafsil va aniq hisobotlar tayyorlashdir. Shuningdek, Gemini internetdagi boshqa manbalardan ham ma’lumotlarni tahlil qilishi mumkin.

Masalan, kompaniya yangi mahsulot bozorini o‘rganmoqchi bo‘lsa, Gemini’ga brainstorming hujjatlari, loyiha rejalari va elektron pochta yozishmalarini tahlil qilish topshirilishi mumkin. Yangilanish hozirda veb-versiyada mavjud bo‘lib, mobil qurilmalarda esa ulanish yaqin kunlarda boshlanadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Google Gemini Chrome’da bepul foydalanish mumkinligi haqida yozgan edik.