Lifestyle

Kechga nima ovqat: gruzincha chaxoxbili qanday tayyorlanadi

Avval bu taom yovvoyi qirg‘ovul go‘shtidan tayyorlangan
Kechga nima ovqat: gruzincha chaxoxbili qanday tayyorlanadi
Kechga nima ovqat: gruzincha chaxoxbili qanday tayyorlanadi / Foto: ijtimoiy tarmoq

Chaxoxbili — Gruziya oshxonasining eng mashhur, lekin juda sodda tayyorlanadigan issiq taomlaridan biri. Uning nomi qadimda «chaḣobi» — ya’ni qirg‘ovul so‘zidan olingan. Avval bu taom yovvoyi qirg‘ovul go‘shtidan tayyorlangan, keyinchalik esa keng miqyosda tovuq go‘shti bilan tayyorlana boshlagan. Chaxoxbili — mazali, xushbo‘y ziravorlar, sabzavot va piyoz bilan dimlab pishiriladigan taom. Kursiv Uzbekistan bugun kechki ovqatga chaxoxbili tayyorlashda yordamlashadi.

Masalliq nomiMiqdori
Tovuq go‘shti (bo‘laklangan)800 gr
Piyoz2-3 dona
Pomidor4 dona yoki 200 ml tomat pyure
Bulg‘or qalampiri1-2 dona
Sarimsoq3-4 dona tish
Qizil achchiq yoki paprikata’bga ko‘ra
Tuz, qora murchta’bga ko‘ra
Sariyog‘50 gr
Ko‘katlar (kinza, petrushka)bezash uchun

Tayyorlash bosqishlari: go‘shtni dimlash

Sariyog‘ qozonda eritilib, biroz qizdiriladi. So‘ng tovuq bo‘laklarga bo‘linadi, yuviladi va qozonga solinadi. O‘rtacha olovda 10–12 daqiqa dimlanadi.

Piyoz va sabzavotlarni qo‘shish

Piyoz yarim halqa shaklida to‘g‘raladi, qozonga solinadi va aralashtiriladi. So‘ngra tog‘ralgan bulg‘or qalampiri, sarimsoq va pomidor (yoki tomat pyure) ham qo‘shiladi.

Ziravorlar bilan dimlash

Tuz, qora murch, qizil paprika ta’bga ko‘ra solinadi. Qozon qopqog‘i yopiladi va past olovda taxminan 35–40 daqiqa dimlab pishiriladi. Go‘sht yumshab, sabzavotlar suvi bilan birga bitta bulyon holatiga keladi.

Bezash va dasturxonga tortish

Chaxoxbili tayyor bo‘lgach, ustiga mayda to‘g‘ralgan kinza yoki petrushka sepiladi. Issiq holda, yoniga yumshoq non, lavash yoki guruch garnir bilan berish tavsiya etiladi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan tovuq sho‘rvaning tayyorlanish jarayoni haqida ma’lumot bergandi.