
Moliya olamidagi real insonlar hayotiga qiziqadiganlar uchun Kursiv Uzbekistan «Uoll-strit boʻrisi» (The wolf of Wall street) nomli yana bir filmni tavsiya etadi.
Film 2013-yilda mashhur rejissyor Martin Skorseze tomonidan suratga olingan va real voqealarga asoslangan. U Jon Belfortning hayotini yoritadi – u yosh broker sifatida Uoll-stritda tez orada muvaffaqiyatga erishadi va boylik, kuch hamda poraxo‘rlik dunyosiga sho‘ng‘iydi.
Asarda Jonning tez boyib, xavfli hayot kechirishi, investorlar bilan murakkab va ba’zan noqonuniy moliyaviy o‘yinlar o‘ynashi ko‘rsatiladi. Shu bilan birga, film pullar, hokimiyat va axloqiy chegaralar o‘rtasidagi qarama-qarshilikni ochib beradi.
Filmda Leonardo Di Kaprio, Jona Hill va Margo Robbi kabi mashhur aktyorlar rol o‘ynagan.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan «Katta o‘yin» filmi haqida ma’lumot bergandi.
