Yangiliklar

Komil Allamjonov AQShga o‘zbekistonliklar uchun 10 yillik vizalar joriy etishni taklif qildi

Administratsiyasi rasmiysi X ijtimoiy tarmog‘ida AQSh immigratsiya xizmatlariga murojaat qildi
Foto: Telegram kanal / Komil Allamjonov

O‘zbekiston Prezidenti administratsiyasi rahbari maslahatchisi Komil Allamjonov X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida AQSh fuqarolik va immigratsiya xizmatlariga murojaat qilib, o‘zbekistonliklar uchun B1/B2 toifali vizalarning amal qilish muddatini bir yildan o‘n yilgacha uzaytirishni taklif etdi.

Bu tashabbus O‘zbekiston va AQSh o‘rtasidagi vizaviy tartiblarni soddalashtirish jarayonining bir qismi sifatida ilgari surildi. Eslatib o‘tamiz, 2025-yil may oyida prezident Shavkat Mirziyoyev Tashqi ishlar vazirligiga AQSh bilan vizaviy tartibotlarni yengillashtirish bo‘yicha muzokaralarni boshlashni topshirgan edi.

Shuningdek, 2026-yil 1-yanvardan boshlab AQSh fuqarolari O‘zbekistonga vizasiz kirish huquqiga ega bo‘ladi va mamlakatda 30 kungacha qolishlari mumkin.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Komil Allamjonov Saidа Mirziyoyevaning mustaqil maslahatchisi lavozimiga tayinlangani haqida xabar bergan edi.