Markaziy Osiyo uchun Jyekson-Venik cheklovlarini bekor qilish bo‘yicha qonun loyihasi taqdim etildi

eʼlon qilindi
Jyekson-Venik o‘z vaqtida Sovet Ittifoqiga yahudiy aholisining chiqib ketishiga ruxsat berish masalasida bosim o‘tkazish uchun joriy qilingan
Markaziy Osiyo uchun Jekson–Venik cheklovlarini bekor qilish bo‘yicha qonun loyihasi taqdim etildi
Markaziy Osiyo uchun Jekson–Venik cheklovlarini bekor qilish bo‘yicha qonun loyihasi taqdim etildi / Foto: US Department of State

Vashingtonda bo‘lib o‘tayotgan bu yilgi «C5+1» sammiti ochilish marosimida senator Jim Rish AQShning Markaziy Osiyo bilan aloqalarida yangi va hayajonli davr boshlanayotganini ta’kidladi.

Qozog‘iston, O‘zbekiston, Tojikiston, Turkmaniston va Qirg‘izistondan kelgan tashqi ishlar vazirlari hamda delegatsiya vakillari oldida senator Stiv Deyns bilan birga eskirgan savdo to‘siqlarini olib tashlashga qaratilgan qonun loyihasini taqdim qilganini e’lon qildi.

Sovuq urush davridan qolgan cheklovlarni bekor qilish

Qonun loyihasi Jyekson-Venik tuzatmasini bekor qilishga qaratilgan bo‘lib, u o‘z vaqtida Sovet Ittifoqiga yahudiy aholisining chiqib ketishiga ruxsat berish masalasida bosim o‘tkazish uchun joriy qilingandi. Markaziy Osiyo davlatlari mustaqillikka erishganiga 30 yildan oshgan bo‘lsa-da, ushbu tuzatma bilan bog‘liq ayrim cheklovlar hali ham savdo, investitsiya va iqtisodiy hamkorlikka to‘sqinlik qilib kelmoqda.

Rishning aytishicha, bu cheklovlarni bekor qilish iqtisodiy hamkorlikni kuchaytiradi va AQSh hamda Markaziy Osiyo davlatlari o‘zaro manfaatlar asosida yangi hamkorlik qurishi uchun yo‘l ochadi. U mazkur mintaqaning murakkab qo‘shnichilik hududida joylashganini, Xitoyning bosimi va Rossiyaning beqaror siyosiy vaziyati fonida AQSh taklif qilayotgan hamkorlik Markaziy Osiyo davlatlariga o‘z kelajagini mustaqil belgilash imkonini berishini ta’kidladi.

Iqtisodiy va strategik hamkorlikni mustahkamlash

«C5+1 diplomatik platformasining o‘n yilligi arafasida biz mamlakatlarimiz o‘rtasidagi hamkorlikning yangi davrini boshlayapmiz», — dedi Rish.

Uning aytishicha, bu qadam AQShning milliy manfaatlariga ham mos keladi. Bu xorijdagi iqtisodiy o‘sishni qo‘llab-quvvatlaydi, Amerika biznesi uchun yangi bozorlar ochadi va Markaziy Osiyoga iqtisodiy imkoniyatlarni kengaytirish orqali mintaqaning barqarorligini mustahkamlaydi.

Rish, shuningdek, senator Deynsning mintaqa bilan yaqin hamkorlikni yoqlab kelayotganini qayd etdi va yaqinda Markaziy Osiyoga safar qilgan davlat departamenti rasmiylarining xatti-harakatlarini yuqori baholadi. Uning ta’kidlashicha, ushbu qonun loyihasi Markaziy Osiyoning Vashington uchun diplomatik ahamiyatini oshirishga qaratilgan kengroq sa’y-harakatning bir qismi bo‘lib, bu hududning strategik ahamiyati ko‘p yillardan buyon yetarli darajada qadrlanmagan.

«Bu hammamiz uchun xavfsiz va farovon kelajak qurish imkoniyati», — dedi Rish.

Avvalroq AQSh davlat kotibi O‘zbekistonga kelishni rejalashtirayotgani xabar qilingandi. AQSh davlat kotibi Marko Rubio 2026-yilda O‘zbekiston va Markaziy Osiyoning boshqa mamlakatlariga tashrif buyurishni rejalashtirmoqda.

Shuningdek