Nukus — Urganch yo‘nalishidagi poyezd chiptalari narxi oshirildi

eʼlon qilindi
22-noyabridan boshlab 6354-6353-sonli Nukus – Urganch – Nukus shaharlararo poyezdlarida
Toshkent – Olot yo‘nalishida qo‘shimcha poyezd qatnovi yo‘lga qo‘yiladi
Nukus – Urganch yo‘nalishidagi poyezd chiptalari narxi oshirildi / Foto: Transport vazirligi

Nukus — Urganch yo‘nalishidagi poyezd chiptalari narxi oshirildi. Bu haqda «O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi» AJ matbuot xizmati xabar berdi.

Yangi tariflar 6354-6353-sonli Nukus — Urganch — Nukus shaharlararo poyezdlarida joriy yilning 22-noyabridan boshlab amal qiladi. Yangi narxlar quyidagicha:

  • Kattalar uchun — 40 ming so‘m;
  • Bolalar uchun — 21,5 ming so‘m.

Xabarga ko‘ra, ushbu tariflar xizmat sifatini oshirish va yo‘lovchilar uchun qulayliklarni yaxshilash maqsadida joriy etilgan.

Eslatib o‘tamiz, Nukus – Urganch yo‘nalishida poyezdlar qatnovi 2025-yil 27-sentabrdan yo‘lga qo‘yilgandi. Jadvalga ko‘ra, 6354-sonli «Nukus – Urganch» poyezdi har kuni soat 05:30 da Nukusdan jo‘nab, 08:50 da Urganchga yetib keladi. Shuningdek, 6353-sonli «Urganch – Nukus» poyezdi esa soat 15:30 da Urganchdan chiqib, 18:50 da Nukusga yetadi.

Shuningdek