Yangiliklar

O‘zbekiston Afg‘oniston qishloq xo‘jaligi mahsulotlari uchun havo yo‘lagini ochdi

Bitim Balx viloyati va Surxondaryo viloyati hokimligi tomonidan qabul qilingan
O‘zbekiston mahsulotlarini Saudiya bozoriga eksport qilish 60 kun ichida hal qilinadi
O‘zbekiston Afg‘oniston qishloq xo‘jaligi mahsulotlari uchun havo yo‘lagini ochdi / Foto: ijtimoiy tarmoq

O‘zbekiston Afg‘onistondan yangi meva va sabzavotlarni eksport qilish uchun havo yo‘lagini ochdi. Bu haqdagi bitim Balx viloyati va Surxondaryo viloyati hokimligi tomonidan qabul qilingan.

Ushbu yo‘nalish afg‘on eksportchilari uchun mahsulotlarni Rossiya, Xitoy va Hindiston kabi asosiy xalqaro bozorlarga yetkazib berishni osonlashtiradi.

O‘zbekistonlik mutasaddilar tadbirkorlarga yuklarni tashishda ko‘mak berishga tayyorligini tasdiqlashgan. Ta’kidlanishicha, Pokiston chegara punktlarining yopilishi, ayniqsa, eksport mavsumida Afg‘oniston iqtisodiyotiga katta zarar yetkazgan.

Avvalroq O‘zbekiston mahsulotlarini Saudiya bozoriga eksport qilish 60 kun ichida hal etilishi xabar qilingandi. Saudiya Arabistoni hozirda qishloq xo‘jaligi hamda meva-sabzavot mahsulotlarini, asosan, boshqa mamlakatlardan import qiladi. Shu bois bu mamlakat O‘zbekiston uchun katta va istiqbolli bozor hisoblanadi.