Prezident AQSh Kongressi vakillari bilan uchrashuvlar o‘tkazdi

eʼlon qilindi
Tomonlar dolzarb mintaqaviy masalalar yuzasidan ham fikr almashdi
Prezident AQSh Kongressi vakillari bilan uchrashuvlar o‘tkazdi / Foto: President.uz

Shavkat Mirziyoyev 5-noyabr kuni Vashington shahridagi qarorgohda AQSh Senatidagi Markaziy Osiyo bo‘yicha kokus hamraisi, senator Stiv Deyns hamda Kongress Vakillar palatasi a’zolari bilan uchrashuvlar o‘tkazdi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati ma’lum qildi.

Foto: President.uz

Muloqotlarda O‘zbekiston va AQSh o‘rtasidagi strategik sheriklikni yanada mustahkamlash, parlamentlararo hamkorlikni rivojlantirish, savdo-iqtisodiy hamda investitsiyaviy aloqalarni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

Davlat yetakchisi Senat va Kongressdagi Markaziy Osiyo bo‘yicha kokus faoliyatini yuqori baholab, O‘zbekiston bilan hamkorlik sohalarida rekord darajadagi kelishuvlar imzolanayotganini ta’kidladi.

Foto: President.uz

Shuningdek, Montana, G‘arbiy Virjiniya, Michigan va Kaliforniya shtatlari bilan o‘zaro aloqalarni kuchaytirish, ishbilarmonlar delegatsiyalarining tashriflarini tashkil etish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.

Foto: President.uz

Tomonlar dolzarb mintaqaviy masalalar yuzasidan ham fikr almashib, hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish istagini bildirdilar.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Mirziyoyev global ijtimoiy adolat fondi va migrantlarni qo‘llab-quvvatlash dasturini yaratishni taklif qilgan edi.

Shuningdek