
Shu yilning 5–7-noyabr kunlari havo haroratining keskin o‘zgarishi sababli Toshkent viloyatining ayrim hududlarida favqulodda holat e’lon qilindi. Bu haqda «O‘zgidromet» xabar berdi.
Unga ko‘ra, viloyatning Bo‘stonliq, Ohangaron va Parkent tumanlarining Chotqol tizmasiga kiruvchi tog‘li hududlarida, dengiz sathidan 2 ming metr balandlikda qor ko‘chish xavfi mavjud.
Mutaxassislar tog‘li hududlarda yashovchi aholini, dam oluvchilarni hamda ushbu yo‘nalishlarda harakatlanadigan haydovchilarni ehtiyotkorlik choralarini ko‘rishga chaqirmoqda.
Havo sharoitlari sababli tog‘li yo‘llarda sirpanchiq holatlar kuzatilishi mumkin, shuning uchun yo‘lga chiqishda ogohlik va xavfsizlik qoidalariga rioya etish tavsiya etiladi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan 6-noyabr kuni qanday ob-havo kuzatilishi haqida yozgandi.