«Toshturma» o‘rnida mehmonxona, ikki kamerali iPhone 18 Air, XCM moliyaviy piramidasi va Uzum nasiya nomidan firibgarlik — 6-noyabr kungi muhim xabarlar dayjesti

eʼlon qilindi
Kun davomida ro‘y bergan O‘zbekiston va dunyoda dolzarb yangiliklar jamlandi
6-noyabr kungi muhim xabarlar dayjesti / Foto: Sun’iy intellekt
Nukus — Urganch yo‘nalishidagi poyezd chiptalari narxi oshirildi
Nukus — Urganch yo‘nalishidagi poyezd chiptalari narxi oshirildi / Foto: Transport vazirligi

Nukus — Urganch yo‘nalishidagi poyezd chiptalari narxi oshirildi

Nukus — Urganch yo‘nalishidagi poyezd chiptalari narxi oshirildi. Yangi tariflar 6354-6353-sonli Nukus — Urganch — Nukus shaharlararo poyezdlarida joriy yilning 22-noyabridan boshlab amal qiladi.

Apple yangi iPhone Air’ga qo‘shimcha kamera qo‘shishi mumkin
Apple yangi iPhone Air’ga qo‘shimcha kamera qo‘shishi mumkin / Foto: Digital Chat Station

Apple yangi iPhone Air’ga qo‘shimcha kamera qo‘shishi mumkin

Apple kompaniyasi iPhone Air’ning ikkinchi avlodini ishlab chiqmoqda. Yangi model ultra yupqa va yengil korpusini saqlab qoladi. Kutilishicha, iPhone 18 Air ikki kamerali bo‘ladi: 48 megapikselli asosiy sensor va 48 megapikselli keng burchakli modul. Qurilmada 6,5 dyuymli yuqori yangilanish chastotali ekran va 3D yuzni aniqlash funksiyasi mavjud bo‘ladi.

Sobiq «Toshturma» hududida mehmonxona qurilishi mumkin — hokimlik
Sobiq «Toshturma» hududida mehmonxona qurilishi mumkin — hokimlik / Foto: Ochiq manba

Sobiq «Toshturma» hududida mehmonxona qurilishi mumkin — hokimlik

Oliy Majlis Senati Agrar, suv xo‘jaligi masalalari va ekologiya qo‘mitasi raisining o‘rinbosari Sayyora Abdikarimova tomonidan Toshkent shahar hokimi Shavkat Umurzoqovga Yunusobod tumani Namangan ko‘chasida joylashgan sobiq 1-sonli tergov hibsxonasi hududida zamonaviy xiyobon qurish taklifi yuzasidan senator so‘rovi yuborilgan edi. Hokimlik so‘rov yuzasidan Senatga ma’lumot berdi.

O‘zbekistonda XCM moliyaviy piramidasiga oid surishtiruv boshlandi / Foto: Shutterstock

O‘zbekistonda XCM moliyaviy piramidasiga oid surishtiruv boshlandi

O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgani taxmin qilinayotgan XCM (X Connection Media) nomli moliyaviy piramida bo‘yicha rasmiy tergov harakatlari boshlandi. IIV ma’lumotiga ko‘ra, ushbu platformaning faoliyatida ayrim huquqni muhofaza qilish xodimlari ishtirok etgan bo‘lishi mumkinligi haqida ma’lumotlar mavjud. Shu sababli ichki tekshiruv ham tayinlangan.

Belgiyada «Barselona» muxlislari avtobusi yonib ketdi / Foto: The Mirror

Belgiyada «Barselona» muxlislari avtobusi yonib ketdi

Ispaniyaning «Barselona» klubi muxlislarini olib ketayotgan avtobus Belgiyaning Bryugge shahrida yonib ketdi. Muxlislar o‘z vaqtida evakuatsiya qilingan, jabrlanganlar haqida xabar berilmagan. Bu haqda Ispaniyaning Sport nashri xabar berdi.

Ilon Mask dunyodagi eng qudratli kompyuter qurilayotganini ma’lum qildi / Foto: guru3d.com

Ilon Mask dunyodagi eng qudratli kompyuter qurilayotganini ma’lum qildi

Ilon Mask Memfis shahrida barpo etilayotgan ulkan superkompyuter majmuasida 2 mingdan ortiq ishchi ishlayotganini tasdiqladi. Bu loyiha Maskning yangi Macrohard tashabbusi doirasida amalga oshirilmoqda.

xAI Memphis rasmiy kanali qurilish maydonchasida 2 mingdan ziyod ishchi dunyodagi eng kuchli kompyuterni yaratayotganini ma’lum qilgach, Mask ushbu xabarni qayta ulashdi.

O‘zbekistonlik fura haydovchilar Ruminiyaga ishga taklif qilinmoqda / Foto: Turon World

O‘zbekistonlik fura haydovchilar Ruminiyaga ishga taklif qilinmoqda

Turon World xususiy bandlik agentligi Ruminiyada fura haydovchisi sifatida ishlashni istagan o‘zbekistonliklar uchun ish o‘rinlarini taklif qilmoqda. Bu haqda Migratsiya agentligi xabar berdi.

Unga ko‘ra, mamlakatda 30 nafar haydovchi uchun bo‘sh o‘rin mavjud bo‘lib, ish shartnomasi doimiy muddatga tuziladi.

«Uzum nasiya» nomidan firibgarlik qo‘ng‘iroqlari kuzatilmoqda
Uzum nasiya nomidan firibgarlik qo‘ng‘iroqlari kuzatilmoqda / Foto: Bitdefender Community

Uzum nasiya nomidan firibgarlik qo‘ng‘iroqlari kuzatilmoqda

So‘nggi paytlarda noma’lum shaxslar Uzum nasiya xodimi sifatida o‘zini tanishtirib, firibgarlik qo‘ng‘iroqlari amalga oshirmoqda. Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi iste’molchilarga nisbatan noqonuniy amallar bo‘yicha ogohlantirdi.

Yandex Go Qo‘ng‘irot shahrida ishga tushdi / Foto: Yandex Go

Yandex Go Qo‘ng‘irot shahrida ishga tushdi

Yandex Go yo‘lovchi tashish xizmati Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qo‘ng‘irot shahrida ish boshladi. Yo‘l haqi 5 ming so‘mdan boshlanadi.

Har bir safar doirasida yo‘lovchilar va haydovchilar uchun bepul sug‘urta dasturi amal qiladi. Ilova Yandex’ning ilg‘or texnologiyalaridan — xaritalar, navigatsiya va sun’iy intellekt asosidagi buyurtma taqsimlash tizimidan foydalanadi.

Shuningdek