
Toyota kompaniyasi tomonidan 2026-yilgi Toyota 4Runner yo‘ltanlamasining narxlari e’lon qilindi. Bu haqda Carcoops xabar bermoqda.
Baza versiyasi SR5 $41,570 dan boshlanadi. Bu o‘tgan yilgi modeldan $800 qimmatroq. Eng katta o‘sish TRD Pro versiyasida kuzatilgan. Uning narxi $1,000 ga ko‘tarilib, $67,900 ni tashkil qildi. Qolgan komplektatsiyalar o‘rtacha $800 ga qimmatlashgan.
Model o‘tgan yili to‘liq yangilanganligi sababli, 2026-yilgi 4Runner’da katta o‘zgarishlar yo‘q. Eng asosiy yangilik — TRD Off-Road Premium versiyasida endi i-Force Max gibrid tizimi bilan birga Stabilizer Disconnect tizimi (stabilizatorni avtomatik uzish funksiyasi) opsional tarzda mavjud.

Baza SR5 komplektatsiyasi LED optika, 17 dyuymli g‘ildiraklar, 7 dyuymli raqamli panel, 8 dyuymli multimedia ekran, 8 karnayli audio tizim va bir qator xavfsizlik tizimlari (adaptiv kruiz-nazorat, ko‘r joyni kuzatuvchi tizim, tirbandlikda yordamchi) bilan jihozlangan.
Kapoti ostida 2,4 litrli turbobenzin dvigatel, 278 ot kuchi quvvatga ega, 8 pog‘onali avtomatik uzatma bilan birgalikda ishlaydi.

Flagman TRD Pro versiyasi esa yanada boy jihozlanish bilan ajralib turadi: yorug‘lik chizig‘iga ega radiator panjarasi, himoya plastinalar, sport uslubidagi chiqindi tizimi, 18 dyuymli qora disklari, ventilyatsiyali o‘rindiqlar, ikki zonali konditsioner, simsiz telefon zaryadlash, 12,3 dyuymli raqamli panel va 14 dyuymli multimedia ekraniga ega.
i-Force Max gibrid tizimining umumiy quvvati 326 ot kuchiga teng, avtomobil to‘liq g‘ildirakdan tortuvchi tizim bilan jihozlangan. 2026-yilgi Toyota 4Runner sotuvi AQShda joriy yil oxirigacha boshlanishi rejalashtirilgan.
Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan Toyota vodorodli Tacoma konseptini taqdim etgani haqida yozgan edi.