Uzum nasiya nomidan firibgarlik qo‘ng‘iroqlari kuzatilmoqda

eʼlon qilindi
Raqobat qo‘mitasi fuqarolarni ogohlantiradi
Uzum nasiya nomidan firibgarlik qo‘ng‘iroqlari kuzatilmoqda / Foto: Bitdefender Community

So‘nggi paytlarda noma’lum shaxslar Uzum nasiya xodimi sifatida o‘zini tanishtirib, firibgarlik qo‘ng‘iroqlari amalga oshirmoqda. Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi iste’molchilarga nisbatan noqonuniy amallar bo‘yicha ogohlantirdi.

Firibgarlar ****21242 raqamidan qo‘ng‘iroq qilib, «Siz aksiya orqali maishiy texnika yutib oldingiz, yutuqni olish uchun identifikatsiyadan o‘ting» deb aytadi, SMS-kod hamda boshqa shaxsiy ma’lumotlarni so‘raydi. Keyinchalik esa fuqaro nomiga muddatli to‘lov shartnomasi rasmiylashtiriladi, lekin hech qanday mahsulot yetkazilmaydi.

Qo‘mita «Shaffof-Moliya» MChJ, «Uzum Market» MChJ va Markaziy bankka tegishli murojaatlar yubordi hamda firibgarlik holatlarini oldini olish choralarini ko‘rmoqda.

Iste’molchilarga eslatma sifatida, shubhali qo‘ng‘iroqlarga ishonmaslik, shaxsiy ma’lumotlar, SMS-kod va identifikatsiya ma’lumotlarini begonalarga oshkor qilmaslik lozim. Bundan tashqari, noma’­lum sayt va ilovalarda ro‘yxatdan o‘tishdan oldin ularning ishonchliligini tekshirish tavsiya etiladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Surxondaryoda fuqaroning tugallanmagan binosini hujjatlashtirishni va’da qilganlar ushlangan edi.

Shuningdek