
Veolia Energy Tashkent kompaniyasi issiq suv rangining vaqtincha o‘zgarishi haqida kelib tushgan murojaatlar yuzasidan issiqlik tarmoqlari va tugunlarining holatini tekshirishni davom ettirmoqda.
Iste’molchilar issiq suvda kuzatilayotgan bunday holatlar yuzasidan call-markazga (1347 yoki (71) 200 00 56) yoki kompaniyaning hududlardagi boshqarmalariga murojaat qilishi mumkin.
| Tuman | Aloqa raqamlari |
|---|---|
| Chilonzor | (71) 278-40-12, (71) 278-40-54, (78) 129-01-34 |
| Mirzo Ulug‘bek | (71) 267-12-26, (71) 268-32-07, (78) 129-01-38, (78) 129-01-41 |
| Mirabad | (71) 291-80-96, (71) 299-59-60, (78) 129-01-32 |
| Olmazor | (78) 129-01-55 |
| Sergeli (Yangi hayot) | (71) 258-09-95, (78) 129-01-53 |
| Uchtepa | (71) 275-05-73, (78) 129-01-60 |
| Shayxontohur | (71) 249-45-99, (78) 129-01-44 |
| Yakkasaroy | (71) 255-71-81, (78) 129-01-49 |
| Yashnobod (Bektemir) | (71) 296-35-02, (78) 129-01-58 |
| Yunusobod | (71) 221-04-12, (71) 220-42-43, (78) 129-01-46 |
Shuningdek, murojaatlar Telegramda VeoliaOperativMarkazi orqali ham qabul qilinadi.
Agar issiq suv sifati tashqi tarmoqdagi nosozliklar sababli o‘zgargani aniqlansa, belgilangan tartibga muvofiq to‘lovlar qayta hisoblab chiqiladi. Buning uchun kompaniya vakili va iste’molchi tomonidan birgalikda dalolatnoma tuziladi va u tuman bo‘limiga topshiriladi. Shu asosda hisob-kitoblar qayta ko‘rib chiqiladi.
Avvalroq Toshkentda issiqlik ta’minoti uchun yangi tariflar 12-noyabrdan joriy etilishi xabar qilingandi. Unga ko‘ra, narxlar quyidagicha tasdiqlangan:
- bazaviy tarif (QQSsiz) 711 641 so‘m/Gkal;
- aholi uchun (QQSsiz) 139 860 so‘m/Gkal;
- budjet tashkilotlariga 952 797 so‘m/Gkal;
- boshqa ulgurji xizmatlar ko‘rsatuvchi tashkilotlarga (QQSsiz) 342 296 so‘m/Gkal.