Yangiliklar

10-noyabr uchun valyuta kurslari e’lon qilindi

7-noyabr kuni dollar 12 022,92 so‘m (+52,25 so‘m) etib belgilangan edi.
dollar
Foto: Depositphotos

10-noyabr uchun valyuta kurslari e’lon qilindi. Shu kun uchun AQSh valyutasi 12 060,27 so‘m (+37,35 so‘m) etib belgilandi. Bu haqda Markaziy bank xabar bermoqda.

Dollarning so‘nggi kunlardagi o‘zgarishi

So‘nggi besh kun ichida dollar kursida pasayish ustun bo‘ldi. 3-noyabr kuni dollar 12 005,09 so‘mga (-20,13 so‘m) tenglashdi. 4-noyabr kuni dollar 11 972,34 so‘m (-32, 75 so‘m), 5-noyabr kuni 11 950,63 so‘m (-21,71 so‘m), 6-noyabr kuni 11 970,67 so‘m (+20.04 so‘m), 7-noyabr kuni esa 12 022,92 so‘m (+52,25 so‘m) etib belgilangan edi.

Foto: SI

Markaziy bank ma’lumotlariga ko‘ra, yevro 73,16 so‘mga oshib, 13 916,35 so‘mni, rubl esa 0,73 so‘mga oshib, 148,87 so‘mni tashkil qildi.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan AQSh dollari qanchaga pasaygani haqida yozgan edi.