
AQShning yirik aeroportlarida federal hukumat ishining to‘xtab qolishi oqibatida 700 ga yaqin aviareys bekor qilindi. Bu haqda TASS xabar bermoqda.
Ma’lum bo‘lishicha, American Airlines 220 ta, United 188 ta, Delta 170 ta, Southwest esa qariyb 100 ta reysni bekor qilgan.
Bundan avval prezident Donald Tramp ma’muriyati 7-noyabrdan boshlab ayrim yirik aeroportlarda aviaparvozlar hajmini cheklashini ma’lum qilgan edi. Shuningdek, hukumat faoliyati tiklanmaguncha kosmik uchirishlarga ham faqat kunning ma’lum vaqtlarida ruxsat berilishi belgilangan.
AQSh federal hukumati 1-oktabrga o‘tar kechasi moliyalashtirish bo‘lgani yo‘qligi sabab ishini qisman to‘xtatgan. Bu vaziyat Kongressdagi respublikachilar va demokratlar sog‘liqni saqlash kabi xarajat moddalari yuzasidan kelisha olmagani oqibatida yuzaga kelgan.
Hukumatning hozirgi to‘xtashi AQSh tarixidagi eng uzoq davom etgan AQSh federal hukumatining vaqtincha to‘xtab qolishi bo‘lib, 2018-2019 yillardagi avvalgi rekord muddatni ham ortda qoldirdi.
Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan Gunvor AQSh bosimi sababli «Lukoil» aktivlarini sotib olmasligi haqida yozgan edi.