
Hongqi kompaniyasi HS6 gibrid modeli eng uzoq masofani bir martalik quvvat va to‘liq bak bilan bosib o‘tish bo‘yicha Guinness rekordini o‘rnatganini ma’lum qildi. Bu haqda CarNewsChina xabar bermoqda.
Avtomobil 30-oktabr kuni Shangri-Ladan yo‘lga chiqib, Kunmin, Bayse va Vuchjou shaharlaridan o‘tib, 3-noyabr kuni Guanchjouga yetib bordi. Umumiy masofa 2327,343 km bo‘ldi.

Modelning Xitoyda oldindan buyurtma qabul qilish jarayoni 15-noyabrda boshlanadi. HS6 PHEV besh o‘rinli SUV sifatida taqdim etiladi.
Modelning texnik xususiyatlari
Hongqi HS6 PHEV yopiq panjarali, 12 ta xrom vertikal chiziqli old dizaynga ega. O‘lchamlari 4995×1960×1760 mm, g‘ildirak bazasi 2920 mm. Og‘irlik variantlari 2040, 2160 va 2285 kg.
Avtomobil 1,5 litrli turbo dvigatel bilan jihozlangan. Quvvati 110 kVt, 225 Nm aylanish momenti bor. Issiqlik samaradorligi 45,21 foiz. Ikki va to‘rt g‘ildirakli versiyalar taklif qilinadi. Ularning umumiy tizim quvvati 168 kVt va 369 kVtni tashkil etadi. Maksimal tezlik 205 km/soat.

Batareya variantlari: 23,9 kVt·soat va 39,5 kVt/soat. Sof elektrda 152 km, 250 km va 235 km masofani bosib o‘tadi. Umumiy yo‘l zaxirasi 1580 km, 1650 km va 1460 kmni tashkil qiladi.
Salon zamonaviy ikki ekranli tizim bilan jihozlangan: markaziy boshqaruv displeyi va yo‘lovchi uchun alohida ekran mavjud. Raqamli panel, uch qatorli rul, 50 Vt simsiz zaryad, sovitkich va 12 ta karnay o‘rnatilgan.

Old va orqa o‘rindiqlar elektr sozlanadi, isitish va shamollatish funksiyasiga ega. Yo‘lovchi uchun nol-gravitatsiya kreslosi oyoq tirgagi va 10 nuqtali massaj tizimiga ega. Yukxona sig‘imi 503 litr, qo‘shimcha yashirin 49 litr maydon bor. O‘rindiqlarni yig‘ganda hajm 1977 litrga kengayadi.
Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan GAC Hyptec SSR avtomobili 213,5 km/soat tezlik bilan jahon rekordini o‘rnatgani haqida yozgan edi.