Avto

IM LS9 avtomobili qanday imkoniyatlar bilan taqdim etiladi

Burilish radiusi atigi 4,95 metrni tashkil qiladi
IM Motors
IM LS9 avtomobili / Foto: IM Motors

IM Motors tomonidan yangi IM LS9 avtomobili 12-noyabr kuni Xitoy bozoriga chiqariladi. Bu haqda CarNewsChina xabar bermoqda.

Qanday narxda sotiladi

Modelning cheklangan muddatli oldindan narxi 336 900 yuandan ($47 ming) boshlanadi. Eng qimmat versiya 366 900 yuan ($51 ming) bo‘ladi. Oldindan buyurtmalar 4-noyabrda ochilgan edi va 30 daqiqada 8 mingdan ortiq buyurtma tushganini kompaniya bildirdi.

Foto: IM Motors

O‘ziga xos xususiyatlari

Modelning eng qiziq jihati uning orqa qismiga o‘rnatilgan mini dush tizimi. Bagaj qopqog‘i ochilganda maxsus chodir osiladi. 10 litr suv sig‘imli bak 1200 Vt element yordamida 10 daqiqada 45 darajaga qiziydi. Suv zaxirasi taxminan bir daqiqa yetadi. Bu asosan sayohatdan keyin yengil chayinish uchun mo‘ljallangan imkoniyat.

LS9 tashqi dizayni IM kompaniyasining so‘nggi uslubida yaratilgan. Old qismi yopiq panjara, uzluksiz nur chizig‘i va L shaklli faralar bilan ajralib turadi. Modelda 8 ming kvadrat metr maydonni yoritishi mumkin bo‘lgan Ultra Wide Smart Projector Light tizimi bor.

Foto: IM Motors

Dizayni

Salon to‘liq raqamlashtirilgan. Asosiy 27,1 dyuymli 5K displeyga 15,6 dyuymli yo‘lovchi ekrani qo‘shilgan. LS9 B&O audiosiga ega ilk IM modeli bo‘ladi. Old o‘rindiqlar 4D mexanik massaj funksiyasiga ega. Olti o‘rinli (2 2 2) konfiguratsiyada ikkinchi qatorda 21,5 dyuymli shift ekrani mavjud. Har bir o‘rindiqda isitish, ventilyatsiya va massaj funksiyalari bor.

Texnik xususiyatlari

LS9 IM’ning kengaytirilgan quvvat tizimi asosida ishlaydi. Unda 1.5T dvigatel va elektromotorlar birga ishlaydi. Umumiy quvvat 390 kVt, moment 670 Nm. 52 kVtsoat va 66 kVtsoat batareyalar taqdim etiladi. Elektr yurish masofasi 402 km gacha, umumiy yurish masofasi 1508 km bo‘ladi. 800V platforma mashinani 0 dan 100 kmgacha 4 soniya atrofida tezlashtiradi.

Foto: IM Motors

Shassi qismi Lynx raqamli tizimi, ikki kamerali havo suspenziyasi va 24 darajali to‘liq buriluvchi g‘ildiraklar bilan jihozlangan. Burilish radiusi atigi 4,95 metrni tashkil qiladi. Model 520 chiziqli lidar, 300 metr aniqlikdagi sensorlar va Nvidia Thor chipiga ega. U L3 apparatiga asoslangan L2 darajali haydovchi yordamchi tizimini taklif qiladi.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan IM LS9 gibrid avtomobili haqida haqida yozgan edi.