Indoneziyadagi maktab masjidida portlash yuz berdi

Indoneziya poytaxti Jakartadagi maktab kompleksi ichidagi masjidda juma namozi vaqtida portlash yuz berdi. Hodisa natijasida bir necha kishi jarohatlandi va shifoxonaga yetkazildi, deya xabar bermoqda Al Jazeera.
Milliy politsiya boshlig‘i Listyo Sigit Prabowo portlashga aloqador deb hisoblanayotgan shaxs maktab talabasi ekanini ma’lum qildi. Hozirda uning tarixi va ehtimoliy motivi bo‘yicha tergov olib borilmoqda.
Guvohlar portlash ovozi eshitilganini, derazalar singani va ko‘plab insonlar vahimaga tushib, tashqariga yugurganini so‘zlab berdi. Ko‘plab talaba va xodimlar jarohatlangan, masjidda esa katta zarar yo‘q.
Shifoxona xodimlari dastlab 55 kishini qabul qilgan, ulardan 20 kishi hozir ham shifoxonada davolanmoqda, ularning uch kishisi jiddiy jarohat olgan. Politsiya portlash joyida o‘yinchoq qurollar ham topilganini aytdi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQShda portlovchi moddalar zavodi portlashi natijasi 18 nafar shaxs bedarak yo‘qolgan edi.