Mirziyoyev GM rahbari bilan ishlab chiqarishni kengaytirishni muhokama qildi

eʼlon qilindi
Mashinasozlik texnologiyalari bo‘yicha qo‘shma loyihalar masalasi ham ko‘rib chiqildi
Mirziyoyev GM rahbari bilan ishlab chiqarish kengaytirishini muhokama qildi / Foto: President.uz

Shavkat Mirziyoyev Vashington shahrida General Motors International kompaniyasining global ijrochi direktori Shilpan Amin bilan uchrashdi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati ma’lum qildi.

Uchrashuvda uzoq muddatli hamkorlikni kengaytirish, mamlakatimiz avtomobil sanoatini rivojlantirish va diversifikatsiya qilish masalalari muhokama qilindi.

Ta’kidlanishicha, so‘nggi 5 yilda kompaniya O‘zbekistonda 1,6 mln avtomobil ishlab chiqardi, Chevrolet brendi bo‘yicha AQShdan keyin ikkinchi yirik bozorga, Markaziy Osiyo va MDHda esa yetakchiga aylandi.

Uchrashuvda ishlab chiqarish kooperatsiyasini rivojlantirish, mahsulotlar turini kengaytirish, mahalliylashtirish va zamonaviy mashinasozlik texnologiyalari bo‘yicha qo‘shma loyihalarni amalga oshirish istiqbollari muhokama qilindi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Shavkat Mirziyoyev Donald Tramp bilan uchrashuv o‘tkazgan edi.

Shuningdek