Gadjetlar

Nubia Z80 Ultra global bozorga 650 dollar narx bilan chiqarildi

Modelning narxi $650 dan boshlanadi
Nubia
Foto: Nubia

Nubia yangi flagmani Nubia Z80 Ultra modelining global savdosi boshlanganini e’lon qildi. Bu haqda Gizmochina xabar bermoqda.

Model o‘tgan oy Xitoyda taqdim etilgan edi. Xalqaro bozorda sotuvlar 2-dekabrgacha davom etadigan maxsus kampaniya bilan start oldi. Dastlabki xaridorlar original quvvatlagich va premium g‘ilofni bepul oladi.

Z80 Ultra 6,85 dyuymli AMOLED ekran bilan jihozlangan. Old kamera sakkizinchi avlod ekran ostiga joylashtirilgan, shu sabab ekranda hech qanday o‘yiq yo‘q. Ekran 1,5K aniqlik va 144 Hz yangilanish tezligini taklif qiladi.

Asosiy kamera o‘ziga xos — 35 millimetrlik obyektivga ega. Smartfon Snapdragon 8 Elite Gen 5 protsessori bilan ishlaydi. 7200 mA/soat sig‘imli batareya 80 Vt quvvat bilan simli va simsiz zaryadlashni qo‘llab-quvvatlaydi. Qurilma IP69 darajasida suv va changdan himoyalangan.

Narxlar:

Xotira konfiguratsiyasiNarx
12/256 GB$650
16/512 GB$800
16 GB / 1 TB$900

Taqqoslash uchun, Snapdragon 8 Elite for Galaxy chipli Galaxy S25 Plus Germaniyada 770 yevrodan sotuvga chiqarilgan.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan Nubia Z80 Ultra smartfoni haqida yozgan edi.