O‘zbekistonda birinchi mikromoliya banki ochildi

eʼlon qilindi
Markaziy bankning 2025-yil 24-oktabrdagi qaroriga ko‘ra
Markaziy bank
O‘zbekistonda birinchi mikromoliya banki ochildi / Foto: annlarich / depositphotos.com

«Tayyab Finance mikromoliya tashkiloti»ga mikromoliya banki sifatida faoliyat yuritish uchun litsenziya berildi. Bu haqda Markaziy bank matbuot xizmati ma’lum qildi.

Shu asosda «Tayyab Finance» mikromoliya tashkiloti faoliyati «TAYANCH» mikromoliya banki nomi ostida davom ettiriladi. Tegishli reyestrlarda zarur o‘zgarishlar amalga oshirilmoqda.

Ma’lumot uchun, mikromoliya banki kichik va o‘rta biznes hamda aholiga mikrokreditlar va moliyaviy xizmatlar taqdim etadi. Ularning asosiy maqsadi tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash va moliyaviy imkoniyatlari cheklangan hududlarda yordam ko‘rsatishdir.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda inflyatsion kutilmalar ketma-ket oltinchi oyda ham pasaygani haqida xabar bergan edik.

Shuningdek