O‘zbekistonda xodimlar barqarorlikni afzal ko‘radi — Headhunter so‘rovnomasi

eʼlon qilindi
Lekin moslashuvchan ish tizimiga ham tayyor
O‘zbekistonda xodimlar barqarorlikni afzal ko‘radi — Headhunter so‘rovnomasi / Foto: hh

O‘zbekiston xodimlarining taxminan yarmi barqaror ish tartibini afzal ko‘radi (49%), lekin 39% moslashuvchan ish uslubini xohlashini bildirgan. Hh.uz platformasi 110 nafar xodim va ish beruvchi o‘rtasida moslashuvchan jamoaviy ish tizimi joriy etilishi bo‘yicha so‘rovnoma o‘tkazdi.

Ishtirokchilar ko‘pincha vazifalar jamoa bilan birga hal qilinishini (47%) va qarorlar tez, ortiqcha rasmiyatsiz qabul qilinishini (35%) qayd etishgan. 29% doimiy fikr-mulohaza oladi, 23% esa rahbarlar nazorat o‘rniga yo‘naltirishga e’tibor berishini bildirgan.

Respondentlar moslashuvchan jamoaviy ish tizimining asosiy qadriyatlari sifatida ishonch va ochiqlikni (47%) hamda xatolardan qo‘rqmay o‘rganish imkoniyatini (46%) ajratib ko‘rsatishgan. 40% uchun kompaniyaning aniq maqsadi muhim hisoblanadi.

Moslashuvchan ish tizimining eng katta afzalligi – natijaga yo‘naltirilganlik (58%). Shuningdek, ishtirokchilar halol muloqot (40%) va tezkor qaror qabul qilish (31%)ni qadrlashadi.

Shu bilan birga, 43% jamoalarning bunday o‘zgarishlarga tayyor emasligiga ishonadi. 36% rollar aniq emasligini, 34% esa doimiy o‘zgarishlar rejalashtirishni qiyinlashtirishini aytgan. Moslashuvchan jamoaviy ish tizimi – jamoalarga o‘zgarishlarga tez moslashish, mijoz bilan doimiy muloqot qilish va mahsulotni bosqichma-bosqich yaratishga yordam beradigan ish uslubidir.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq o‘zbekistonlik fura haydovchilar Ruminiyaga ishga taklif qilingani haqida xabar bergan edik.

Shuningdek