Yangiliklar

Qozog‘iston va AQSh o‘rtasida 17 milliard dollardan ortiq savdo kelishuvlari imzolandi

Iqtisodiyot, savdo, transport, energetika va xalqaro tinchlik bo‘yicha
Qozog‘iston va AQSh o‘rtasida $17 milliarddan ortiq savdo kelishuvlari imzolandi / Foto: Cnetral Asia

Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev AQSh prezidenti Donald Tramp bilan Oq uyda uchrashib, ikki tomonlama hamkorlik va xalqaro masalalarni muhokama qildi. Bu haqda Central Asia meadia ma’lum qildi.

To‘qayev Trampga Vashingtonga taklif va mehmondo‘stlik uchun minnatdorlik bildirdi hamda TRIPP tashabbusini qo‘llab-quvvatlashini aytdi.

Uchrashuv doirasida Qozog‘iston va AQSh o‘rtasida $17 mlrddan ortiq savdo kelishuvlari imzolandi. Prezidentlar iqtisodiyot, savdo, transport, energetika va xalqaro tinchlik masalalarini muhokama qildi.

Tashrif davomida To‘qayev AQSh davlat kotibi Marko Rubio, AQSh prezidentining Janubiy va Markaziy Osiyo bo‘yicha maxsus vakili Serjio Gor bilan uchrashdi, global IT-startaplar asoschilari bilan muloqot qildi va Kongress delegatsiyasi bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSh va O‘zbekiston $100 mlrdlik hamkorlik boshlagani haqida yozgan edik.