Qozog‘istondan pul o‘tkazmalari bo‘yicha O‘zbekiston yetakchiga aylandi

eʼlon qilindi
O‘zbekistonga $47,6 mlnlik pul o‘tkazmalari amalga oshirilgan
Обменный курс доллара и евро в банках 30 октября
Qozog‘istondan pul o‘tkazmalari bo‘yicha O‘zbekiston yetakchiga aylandi / Foto: Ronak Ramnani / Unsplash

2025-yil sentabr oyida Qozog‘istondan eng ko‘p pul o‘tkazmalari O‘zbekistonga amalga oshirilgan. Mamlakatdan xorijga jami $136 mlnlik pul o‘tkazmalari amalga oshirilgan. Bu ko‘rsatkich avgust oyiga nisbatan 1,6 foizga ko‘p.

Eng ko‘p pul o‘tkazmalari O‘zbekistonga — $47,6 mln yoki barcha xalqaro operatsiyalarning 34,9 foizini tashkil etgan. Ikkinchi o‘rinda Rossiya ($38,6 mln — 28,4 foiz), uchinchi o‘rinda esa Turkiya ($21,5 mln — 15,8 foiz) qayd etildi.

Xabarga ko‘ra, O‘zbekiston va Rossiyaga pul o‘tkazmalarining oshishi bu mamlakatlar bilan faol mehnat va oilaviy aloqalarga, shuningdek chet elda vaqtinchalik ishlayotgan fuqarolar sonining ko‘payganiga bog‘liq.

Sentabr oyida Qozog‘istonning o‘ziga esa $38,8 mln pul yuborilgan. Eng katta o‘tkazmalar Rossiyadan ($8,9 mln), AQShdan ($5,7 mln) va O‘zbekistondan ($4,9 mln) qayd etilgan.

Avvalroq O‘zbekistonga pul o‘tkazmalari to‘qqiz oyda $13,9 mlrdga yetgani xabar qilingandi. Mablag‘larning asosiy qismi – 78% ($6,4 milliard) — Rossiyadan yuborilgan. Qolgan qismi Qozog‘iston, AQSh, Janubiy Koreya, Turkiya, Buyuk Britaniya, Qirg‘iziston, Litva va boshqa mamlakatlardan jo‘natilgan.

Shuningdek