
Samsung kompaniyasi birinchi bo‘lib yangi LPDDR6-10700 xotira chiplarini namoyish qildi. Bu haqda GES xabar bermoqda.
Ushbu xotira LPDDR5 avlodidan taxminan 21 foiz tezroq bo‘ladi. Chiplar 12 nm tex jarayonida ishlab chiqariladi.
Yangi LPDDR6-10700 nafaqat smartfonlar va noutbuklarning umumiy ishlashini yaxshilaydi, balki iGPU grafik bloklarining samaradorligini ham oshiradi. Chunki grafik qismlar aynan tezkor xotira tezligiga juda bog‘liq.

Kompaniya, shuningdek, M.2 2242 formatidagi yangi PM9E1 SSD haqida ham ma’lumot berdi. Qurilma PCIe 5.0 interfeysini qo‘llab-quvvatlaydi. Yozish tezligi 14,8 GB/s, o‘qish tezligi esa 13,4 GB/s gacha yetadi. Hajm variantlari 4 TB gacha bo‘ladi.
PM9E1 Presto kontrolleri va yangi V8 TLC V-NAND xotirasiga tayanadi. Yangi xotira va SSD to‘liq tarzda CES 2026 ko‘rgazmasida taqdim etiladi.
Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan Samsung Galaxy S26 Ultra dizayni renderlarda ko‘rsatilgani haqida yozgan edi.