Mirziyoyev “Markaziy Osiyo investitsiyaviy sherikligi” jamg‘armasini ishga tushirishni taklif qildi

eʼlon qilindi
Sammitda Mirziyoyev bilan birga Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Turkmaniston va Tojikiston prezidentari ishtirok etdi
«C5+1» sammiti: «Markaziy Osiyo investitsiyaviy sherikligi» jamg‘armasini ishga tushiriladi / Foto: President.uz

Shavkat Mirziyoyev AQShning Vashington shahridagi Oq uyda bo‘lib o‘tgan «C5+1» sammitida qatnashdi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati ma’lum qildi.

Foto: president.uz

Shuningdek, tadbirda AQSh prezidenti Donald Tramp, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Turkmaniston prezidentlari ishtirok etdi.

Foto: president.uz

Mirziyoyev sammit tashkil etilganidan buyon 10 yilda mintaqaviy savdo, transport va energetika aloqalari samarali rivojlanganini ta’kidladi. U doimiy faoliyat yuritadigan Kotibiyatni tashkil etish, Investitsiyalar va savdo bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi kengash tuzish, «Markaziy Osiyo investitsiyaviy sherikligi» jamg‘armasini ishga tushirish kabi tashabbuslarni ilgari surdi.

Shuningdek, yirik transport va energetika loyihalarini amalga oshirish, minerallarni qayta ishlash, qishloq xo‘jaligini modernizatsiya qilish, madaniy hamkorlikni rivojlantirish va Samarqandda navbatdagi sammitni o‘tkazish bo‘yicha takliflar bildirildi. Sammit yakunida ko‘p tomonlama hujjatlar qabul qilindi.

Foto: president.uz

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Mirziyoyev GM rahbari bilan ishlab chiqarishni kengaytirishni muhokama qilgan edi.

Shuningdek