Shavkat Mirziyoyev Donald Tramp bilan uchrashuv o‘tkazdi — foto

eʼlon qilindi
Mirziyoyev Faxriy mehmonlar kitobiga qayd yozib qoldirgan
Donald Tramp va Mirziyoyev
Shavkat Mirziyoyev Donald Tramp bilan uchrashuv o‘tkazdi / Foto: Prezident matbuot xizmati

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 6-noyabr kuni Vashingtonda Donald Tramp bilan uchrashdi. Uchrashuv Oq uyda o‘tdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Mirziyoyev Faxriy mehmonlar kitobiga qayd yozib qoldirdi. Shundan so‘ng Oval xonada muzokara boshlandi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Tomonlar strategik sheriklikni mustahkamlashga kelishib oldi. Siyosiy muloqot, savdo, investitsiya va madaniy aloqalarni kengaytirish muhokama qilindi.

Sentabr oyida Nyu-Yorkda erishilgan kelishuvlarni bajarish masalasi alohida ko‘rib chiqildi. «C5+1» formatida hamkorlikni chuqurlashtirish bo‘yicha fikr almashildi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Mirziyoyev Trampni ichki va tashqi siyosatdagi muvaffaqiyatlari bilan tabriklagan. Trampning mojarolarni tinch yo‘l bilan yumshatishdagi hissasi tilga olindi.

Donald Tramp O‘zbekiston delegatsiyasining AQSh hukumatida, yirik kompaniyalarda va moliya institutlarida o‘tgan uchrashuvlarini yuqori baholadi.

Yetakchilar qo‘shma loyihalar uchun institutsional mexanizmlar yaratish muhimligini ta’kidlagan.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri prezident AQShning bir qator kompaniya va rasmiylari bilan uchrashgani haqida yozgan edi.

Shuningdek