Shimoliy Koreya Yapon dengizi tomon ballistik raketa uchirdi

eʼlon qilindi
Bu ikki hafta ichida Pxenyan tomonidan amalga oshirilgan ikkinchi raketa sinovidir
Foto: KMAA

Shimoliy Koreya 7-noyabr kuni Yapon dengizi yo‘nalishida ballistik raketa uchirdi. Bu haqda Janubiy Koreya Qurolli kuchlari shtab boshliqlari qo‘mitasi ma’lum qildi.

Raketaning turi va uchish masofasi hozircha aniqlashtirilmagan. Yaponiyaning Yomiuri nashri hukumatdagi manbalarga tayanib, raketa mamlakat hududiga zarar yetkazmaganini bildirdi.

Bu Pxenyan tomonidan so‘nggi ikki hafta ichida amalga oshirilgan ikkinchi raketa sinovidir. Birinchi sinov 22-oktabrda Janubiy Koreyada o‘tgan APEC sammiti arafasida o‘tkazilgandi.

O‘tgan yil oktabr oyida ham Shimoliy Koreya qit’alararo ballistik raketani sinovdan o‘tkazgan. Mamlakat yetakchisi Kim Chen In o‘shanda bu harakatni dushmanlarga javob deb atagan.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Shimoliy Koreya rahbarining singlisi AQShga tahdid qilgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek