Eron sanksiyalarni bekor qilish so‘ramoqda — Tramp

eʼlon qilindi
Eron AQSh-Isroil munosabatlaridan norozi
Tramp: Eron sanksiyalarini bekor qilish mumkinligini so‘ramoqda / Foto: Reuters

AQSh prezidenti Donald Tramp Eron AQSh sanksiyalarini bekor qilish bo‘yicha muntazam murojaat qilayotganini aytdi. Bu haqda Reuters xabar berdi.

Trampning aytishicha, Tehron og‘ir sanksiyalar bosimi ostida o‘z rejalari bo‘yicha harakat qila olmayapti va AQSh bu masalani ko‘rib chiqishga ochiq.

Biroq Eron Oliy rahbari Oyatulloh Ali Xomanaiy AQSh Isroilni qo‘llashni davom ettirar ekan va Yaqin Sharqdagi siyosiy jarayonlarga aralashishda davom qilsa, ikki tomon o‘rtasida hech qanday hamkorlik bo‘lishi mumkin emasligini ta’kidladi.

Shu bilan birga, Tramp ikkinchi prezidentlik muddatida Eronga nisbatan maksimal bosim siyosatini davom ettirib, Tehronning yadro dasturini cheklashga urinmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Britaniya Eronning yadro dasturiga aloqador 71 shaxs va tashkilotga sanksiya joriy qilgan edi.

Shuningdek