Eldor Shomurodov gol urgan uchrashuvda “Bashakshehir” Anqarada magʻlub boʻldi

eʼlon qilindi
Foto: «Bashakshehir»

Turkiya Superligasining 12-turidan oʻrin olgan uchrashuvda «Genchlerbirligi» oʻz maydonida «Bashakshehir»ni 2:1 hisobida magʻlub etdi.

Uchrashuvda mezbonlar 35-daqiqada himoyachi Talisson Kelvenning goli evaziga oldinga chiqib oldi. Ikkinchi boʻlim boshida Eldor Shomurodov muvozanatni tikladi. Biroq 53-daqiqada hakam «Bashakshehir» darvozasi tomon penalti belgiladi. Baye Nyang 11 metrlik nuqtani aniq amalga oshirib, «Genchlerbirligi»ni yana oldinga olib chiqdi.

Qolgan daqiqalarda mehmonlar hisobni tenglashtirish uchun bir necha imkoniyat yaratdi, ammo hisob boshqa oʻzgarmadi.

Shu tariqa «Genchlerbirligi» ochkolarini 11 taga yetkazib, turnir jadvalida 13-oʻringa koʻtarildi. «Bashakshehir» esa 13 ochko bilan 10-pogʻonani egallab turibdi.

Eldor Shomurodov uchrashuvni asosiy tarkibda boshlab, toʻliq 90 daqiqa oʻynadi. 30 yoshli hujumchi mavsumdagi gollarini 8 taga yetkazib, toʻpurarlar poygasida yakka peshqadamga aylandi. Oʻzbekiston terma jamoasining yana bir aʼzosi Abbosbek Fayzullayev jarohati sabab bu uchrashuvda ishtirok etmadi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Shomurodov Turkiya Superligasining tur ramziy jamoasidan joy olgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek