
O‘zbekiston U-17 terma jamoasi Jahon chempionati guruh bosqichining 2-turida Irlandiyaga 1:2 hisobida imkoniyatni boy berdi.
Uchrashuvni faol boshlagan o‘zbekistonliklar 20-daqiqada hisobni ochdi. Abbosbek Shukrullayev raqib darvozasini ishg‘ol qilib, jamoani oldinga olib chiqdi. Biroq 33-daqiqada Gredy Makdonell javob qaytardi.
Ikkinchi bo‘limning 75-daqiqada Mikel Nunanning bosh bilan yo‘llagan zarbasi orqali yevropaliklar olinga chiqib oldi. Uchrashuvning qolgan daqiqachida hisob o‘zgarmadi.
Bu g‘alabadan so‘ng Irlandiya 6 ochko bilan «J» guruhida peshqadamlikni mustahkamladi. O‘zbekiston va Paragvay hisobida esa 3 tadan ochko mavjud.
Ma’lumot uchun, O‘zbekiston terma jamoasi guruh bosqichidagi so‘nggi bahsini 11-noyabr kuni Panamaga qarshi o‘tkazadi.
Avvalroq «Kursiv» O‘zbekiston birinchi turda Paragvayni mag‘lub etgani haqida xabar bergan edi.