Oʻzbekiston futboli faxriysi Toʻlagan Isoqov vafot etdi

eʼlon qilindi
76 yoshida
Foto: O‘FA

Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi faxriylar kengashi raisi, OʻFA Ijroiya qoʻmitasi va Murabbiylar kengashi aʼzosi, «Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan yoshlar murabbiysi» Toʻlagan Isoqov 8-noyabr kuni 76 yoshida vafot etdi. Bu haqda OʻFA matbuot xizmati xabar berdi.

Toʻlagan Isoqov 1949-yil 8-oktabrda Yangi yoʻl tumanida tugʻilgan. U futbolchi sifatida 13 mavsum davomida «Paxtakor» jamoasi sharafini munosib himoya qilgan. 252 uchrashuvda maydonga tushib, 52 gol kiritgan.

1979-yilda Minskga parvoz chog‘idagi mash’um aviahalokatdan Isoqov jarohati sabab tarkibga kiritilmagani uchun tasodifan omon qolgan. Shu voqealardan soʻng u futbolchilik faoliyatini yakunlagan.

Isoqov murabbiylik faoliyatini davom ettirib, «Paxtakor», «Zarafshon» va «Surxon» klublarini boshqargan. Soʻnggi yillarda OʻFA faxriylar kengashiga rahbarlik qilgan edi.

Oʻzbekiston Professional futbol ligasi Isoqovning vafoti munosabati bilan Superliganing 28-turidan oʻrin olgan qolgan uchrashuvlar 1 daqiqalik sukut bilan boshlanishini eʼlon qildi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Serbiya chempionatida oʻyin paytida murabbiy vafot etgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek