O‘zbekistonda 3 balli zilzila qayd etildi
eʼlon qilindi
Buxoro viloyatining Gazli shahri hududida

8-noyabr kuni soat 09:14 da Oʻzbekiston hududida zilzila sodir boʻldi. Bu haqda Seysmoprognostik monitoring markazi maʼlum qildi.
Ta’kidlanishicha, zilzilaning magnitudasi 3,2, chuqurligi 10 km boʻlgan. Yer silkinishining episentri Buxoro viloyatining Gazli shahri hududida, Toshkentdan 506 km janubi-gʻarbda joylashgan.
Markaz maʼlumotiga koʻra, episentrda silkinish kuchi 3 ball, Gazli shahrida esa 2 ball atrofida sezilgan.
Soʻnggi kunlarda Afgʻonistonda 3-noyabr kuni roʻy bergan kuchli zilzila tufayli Surxondaryo viloyatida 4–5 ballgacha sezilish holatlari kuzatilganidan keyin aholida yana xavotir kuchaygan.
5-noyabr kuni Kursiv Uzbekistan Tojikistonda sodir bo‘lgan zilzila O‘zbekiston hududida ham sezilgani haqida xabar bergan edi.