Xitoy Tayvanga 2026-yilda bostirib kirishi mumkin — OAV

eʼlon qilindi
Xitoy ehtimoliy operatsiyaga faol tayyorgarlik koʻrayotgani aytilmoqda
Foto: AFP/Scanpix

Agar AQShda oraliq saylovlardan keyin ichki tartibsizliklar boshlansa, Xitoy Tayvanga 2026-yil noyabr oyida hujum qilishi mumkin. Bu haqda Germaniyaning Bild nashri G‘arb razvedka xizmatidagi manbalariga tayanib, xabar bermoqda.

Manbalarga ko‘ra, Pekin Vashingtonda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan siyosiy beqarorlikni, masalan, Donald Tramp yoki demokratlarning saylov natijalarini bahslashi oqibatida kelib chiqadigan inqirozni — Tayvanga qarshi harbiy operatsiya boshlash uchun qulay imkoniyat sifatida ko‘rib chiqmoqda.

Spear instituti eksperti May-Britt Shtumbaumning taʼkidlashicha, Xitoy ehtimoliy operatsiyaga faol tayyorgarlik koʻrmoqda. Unga koʻra, Pekin bir qator fuqarolik paromlarini harbiy ehtiyojlar uchun modernizatsiya qilmoqda va 2026-yil oxirigacha 70 dan ortiq yirik kemani qurishni rejalashtirgan.

«Agar Si Szinpin Tayvanni tinch yoʻl bilan qoʻshib olish mumkin emas deb hisoblasa, harbiy bosqin ehtimoli yuqori», — dedi Shtumbaum.

Tayvanning Germaniyadagi vakili Klement Gu ham Xitoydan kelayotgan tahdid yil sayin kuchayib borayotganini aytdi. Uning fikricha, Pekin gibrid urush usullarini qoʻllab, mintaqadagi demokratik institutlar va umumiy barqarorlikka zarba bermoqda. Tayvan esa AQSh boshchiligidagi xavfsizlik hamkorligini mustahkamlashga intilmoqda.

Maʼlumot uchun, Tayvan 1949-yilda Xitoydagi fuqarolar urushidan soʻng materikdan ajralgan. 1980-yillarda aloqalar qisman tiklangan boʻlsa-da, Pekin hanuz orolni oʻz hududining ajralmas qismi deb biladi va yagona Xitoy tamoyilini tan olishni talab qiladi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Tayvan hukumati maktab oʻquvchilariga TikTokʼka kirishni cheklashni rejalashtirayotgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek