
Toshkent viloyati IIBB Kiberxavfsizlik xizmati xodimlari Telegram va Instagramda kredit limitini olib berishni va’da qilib, fuqarolardan 1 mlrd 32 mln so‘mni o‘zlashtirgan shaxslarni qo‘lga oldi.
Ma’lum bo‘lishicha, Ohangaron tumanida yashovchi 2005-yilda tug‘ilgan B.N. va uning uch nafar sherigi «limitlash xizmati» nomida sahifa ochib, odamlarni aldab pul yig‘ib kelgan. Ular rasmiylashtirilgan tadbirkorlik subyekti orqali onlayn savdo platformalarida faoliyat yuritgan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi «a» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Gumondorlar qamoqqa olingan. Tergov harakatlari davom etmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Urgutda hokim yordamchisi va advokat pora olayotganda ushlangani haqida yozgan edi.