225 dollarlik Oppo A6 taqdim etildi

9-noyabr 2025 15:42 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Oppo
Foto: Oppo

Oppo kompniyasi Xitoyda yangi Oppo A6 smartfonini taqdim etdi. Bu haqda kompaniyaning saytida ma’lum qilindi.

Qurilma MediaTek Dimensity 6300 platformasida ishlaydi. Asosiy versiya 8 GB operativ xotira va 256 GB ichki xotira bilan taqdim etilgan. Uning narxi atigi $225.

Smartfon 6,57 dyuymli tekis AMOLED displeyga ega. Ekran Full HD+ aniqlikda va 120 Gs yangilanish tezligida ishlaydi. Batareya sig‘imi 7000 mA/soat bo‘lib, tezkor zaryadlash quvvati 80 Vtga teng.

Foto: Oppo

Asosiy kamera 50 MP va 2 MP moduldan iborat. Old kamera 16 MP. Qurilmada barmoq izi skaneri, Wi-Fi 5, Bluetooth 5.4, USB-C porti va NFC mavjud. A6 modeli chang va suvdan IP69 darajasida himoyalangan.

O‘lchamlari 158,2×75,02×8 mm, og‘irligi esa 185 gramm. Smartfon katta akkumulyatoriga qaramay, bor-yo‘g‘i 8 mm qalinlikda.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri oktabr oyining eng yaxshi smartfonlari reytingi e’lon qilingani haqida yozgan edi.

Shuningdek