
Oppo kompniyasi Xitoyda yangi Oppo A6 smartfonini taqdim etdi. Bu haqda kompaniyaning saytida ma’lum qilindi.
Qurilma MediaTek Dimensity 6300 platformasida ishlaydi. Asosiy versiya 8 GB operativ xotira va 256 GB ichki xotira bilan taqdim etilgan. Uning narxi atigi – $225.
Smartfon 6,57 dyuymli tekis AMOLED displeyga ega. Ekran Full HD+ aniqlikda va 120 Gs yangilanish tezligida ishlaydi. Batareya sig‘imi 7000 mA/soat bo‘lib, tezkor zaryadlash quvvati 80 Vtga teng.

Asosiy kamera 50 MP va 2 MP moduldan iborat. Old kamera 16 MP. Qurilmada barmoq izi skaneri, Wi-Fi 5, Bluetooth 5.4, USB-C porti va NFC mavjud. A6 modeli chang va suvdan IP69 darajasida himoyalangan.
O‘lchamlari 158,2×75,02×8 mm, og‘irligi esa 185 gramm. Smartfon katta akkumulyatoriga qaramay, bor-yo‘g‘i 8 mm qalinlikda.
Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri oktabr oyining eng yaxshi smartfonlari reytingi e’lon qilingani haqida yozgan edi.