9-noyabrdan boshlab Toshkentda 81-avtobus yana Rustaveli ko‘chasidagi ajratilgan yo‘lakda harakatlanadi

9-noyabrdan boshlab Toshkentda 81-avtobus yana Rustaveli ko‘chasidagi ajratilgan yo‘lakda harakatlanadi. Bu haqda «Toshshahartransxizmat» AJ ma’lum qildi.
Bundan avval shu yo‘lakda 2-, 18-, 45- va 94-avtobuslarning harakati tiklangan edi.
Boshqarma haydovchilardan avtobuslarga ustuvorlik berishni qat’iy so‘ramoqda. BRT tizimi bo‘yicha harakatlanadigan avtobuslar yo‘lda birinchi navbatda o‘tishi kerakligi eslatildi.
«Markaziy avtobus yo‘lagi (BRT) — Toshkent transport tizimini zamonaviylashtirish yo‘lidagi muhim qadamdir. Barcha yo‘l harakati ishtirokchilaridan hamkorlik, ehtiyotkorlik va madaniyatli harakat so‘raladi», — deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Jizzaxga o‘nta zamonaviy avtobus olib kelingani haqida yozgan edi.