Avto

Geely Galaxy Starshine 7 avtomobili qanday xususiyatlar bilan taqdim etiladi

Geely
Geely Galaxy Starshine 7 / Foto: CarNewsChina

Geely kompaniyasi tomonidan Geely Galaxy Starshine 7 modelining asosiy texnik ma’lumotlari e’lon qilindi. Bu haqda CarNewsChina xabar bermoqda. Model ikkita LFP akkumulyator varianti bilan sotuvga chiqadi.

18,99 kVt/soat sig‘imli akkumulyator 115–120 km (CLTC) elektr yurish masofasini beradi. Kattaroq, 28,3 kVt/soat akkumulyator esa 165 km masofani ta’minlaydi.

Sedanning o‘lchamlari 4958×1915×1505 mm. G‘ildirak bazasi — 2852 mm. Og‘irlik jihozlanishiga qarab 1815 yoki 1860 kg bo‘ladi.

Model uchun bir nechta ko‘rinishdagi radiator panjarlari, turli disklar, tonirovka, radar, kamera va 225/55R18 yoki 235/45R19 o‘lchamdagi shinalar taklif etiladi.

Foto: CarNewsChina

Galaxy Starshine 7 umumiy quvvati 270 ot kuchiga ega NordThor AI Hybrid 2.0 tizimi bilan jihozlangan. Uning tarkibida 1,5 litrli dvigatel (BHE15-BFN, 110 ot kuchi) va 160 ot kuchiga teng elektr motor mavjud. Maksimal tezlik — 190 km/soat.

Ikki xil akkumulyator varianti bilan taklif etiladigan gibrid tizim aynan shu elektr yurish zaxirasini ta’minlaydi. Modelning Xitoy bozoriga chiqishi yil oxiriga rejalashtirilgan.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri yangilangan Geely Okavango taqdim etilgani haqida yozgan edi.