Sport

Husanov va bir qator o‘yinchilar milliy terma jamoaga chaqirildi

Shomurodov ham bor
Abduqodir Husanov
Foto: Husanov instagram sahifasi

O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Fabio Kannavaro noyabr oyida o‘tkaziladigan yig‘in uchun chaqirilgan futbolchilar ro‘yxatini e’lon qildi. Tarkib xalqaro o‘rtoqlik turnirida ishtirok etuvchi asosiy o‘yinchilardan shakllantirilgan.

Milliy jamoamiz Birlashgan Arab Amirliklari (BAA)da bo‘lib o‘tadigan musobaqada qatnashadi. Turnirda jahon chempionati yo‘llanmasiga ega bo‘lgan to‘rt terma jamoa – O‘zbekiston, Eron, Misr va Kabo-Verde maydonga tushadi.

Yig‘in uchun chaqirilgan futbolchilar kimlar / Foto: O‘FA

Ro‘yxat:

Darvozabonlar:

Futbolchi
1A. Ne’matov
2B. Ergashev
3V. Nazarov

Himoyachilar:

Futbolchi
1R. Ashurmatov
2M. Hamraliev
3U. Eshmurodov
4A. Husanov
5A. Abdullaev
6H. Aliqulov
7H. Alijonov
8F. Sayfiev
9Sh. Nasrullaev

Yarim himoyachilar:

Futbolchi
1O. Hamrobekov
2A. Mozgovoy
3O. Shukurov
4A. Ganiyev
5A. Turg‘unboev
6J. Iskanderov
7H. Erkinov
8D. Xamdamov
9R. Jiyanov
10O. O‘runov
11S. Bakhromov

Hujumchilar:

Futbolchi
1H. Norchaev
2E. Shomurodov
3S. Sergeev

Jamoa 10-noyabr kuni BAAga uchib ketadi. Yig‘in davomida murabbiylar shtabi jahon chempionati oldidan o‘yin sifatini sinovdan o‘tkazadi.

Kursiv Uzbekistan nashri O‘zbekiston minimal hisobda Irlandiyaga mag‘lub bo‘lgani haqida yozgan edi.