Qurilish oynalariga utilizatsiya yig‘imi joriy etiladi, yangilangan Cobalt uchun shartnomalar — haftaning eng muhim hodisalari

eʼlon qilindi
Dunyodagi eng badavlat odamlari yashaydigan Top-10 shahar nomi ma’lum qilindi
Toshkent
Foto: Kursiv Uzbekistan

Qurilish oynalariga utilizatsiya yig‘imi joriy etiladi, yangilangan Cobalt uchun shartnomalar — haftaning eng muhim hodisalari Kursiv Uzbekistan dayjestida.

Afg‘onistonda sodir bo‘lgan zilzila O‘zbekistonda ham sezildi

Turkiyada 6,1 balli zilzila sodir bo‘ldi

Foto: Today

3-noyabr kuni soat 01:29 da Afg‘onistonning Samangon viloyatida 6,8 magnitudali zilzila qayd etildi. Bu haqda Seysmoprognostik markaz ma’lum qildi.

Unga koilzila o‘chog‘ining chuqurligi 30 km ni tashkil etdi.

Prezident Doha shahrida o‘tkazilayotgan yirik sammitda ishtirok etadi

Prezident Doha shahrida o‘tkazilayotgan yirik sammitda ishtirok etadi

Foto: Social.desa.un.org

Shavkat Mirziyoyev Qatar Davlati amiri Shayx Tamim bin Hamad Ol Soniyning taklifiga binoan 3 – 4-noyabr kunlari Doha shahrida bo‘lib o‘tadigan Ijtimoiy rivojlanish bo‘yicha ikkinchi Jahon sammitida qatnashadi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati ma’lum qildi.

Turkiyada giyohvandlik vositalarini saqlashda ayblangan o‘zbekistonlik ozodlikka chiqdi

Foto: Istanbul Bosh konsulxonasi

Turkiyaning Sakarya viloyatidagi jazoni ijro etish muassasasida 2024-yildan beri saqlanib kelgan O‘zbekiston fuqarosi ozodlikka chiqdi. U giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarni saqlashda gumonlanib hibsga olingan edi.

Yangi Chevrolet Cobalt uchun shartnomalar ochildi

Foto: Ahmad Muhammadov

Bugun, 3-noyabr kuni soat 10:00 dan boshlab yangi Chevrolet Cobalt uchun shartnomalar ochildi. Bu haqda UzAuto Motors xabar qilgan edi.

Chevrolet Cobalt avtomobillariga bo‘lgan yuqori talab va mijozlardan kelib tushayotgan ko‘plab so‘rovlarni inobatga olgan holda, «UzAuto Motors» AJ ushbu modelni sotib olish jarayonini onlayn shaklda amalga oshirishini ma’lum qildi. Kompaniya bu qarorni ortiqcha ajiotaj va navbatlarni kamaytirish maqsadida qabul qilgan.

Fond bozori: qaysi aksiyalar qimmatlashib, qaysilari arzonlashdi

Foto: Kursiv Uzbekistan

«Toshkent» respublika fond birjasidan (RFB) joy olgan yuqori likvidli aksiyalarning aksariyati 24-oktabrdan 31-oktabrgacha bo‘lgan davrda turli dinamikani ko‘rsatib, UCI fond indeksi 0,33 foizga oshdi.

Ushbu davr mobaynida «O‘zbekgeofizika» aksiyalari eng katta o‘sishga erishib, 13,11 foizga qimmatlashdi. Shuningdek, «O‘zbekneftgaz» (+8,41%) va «UzAuto Motors» (+7,22%) aksiyalarida ham o‘sish qayd etildi.

Qurilish oynalariga utilizatsiya yig‘imi joriy etiladi

Qurilish oynalariga utilizatsiya yig‘imi joriy etiladi

Foto: Depositphotos

Oliy Majlis Senati qurilish oynalariga utilizatsiya yig‘imi joriy etilishini ma’qulladi. Bu haqda Yuqori palata matbuot xizmati xabar berdi.

Mazkur yig‘im qurilish oynalaridan foydalanish natijasida hosil bo‘ladigan chiqindilarni qayta ishlash xarajatlarini qoplash uchun joriy qilinadi. Bu o‘zgarishlar «Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida»gi va «Chiqindilar to‘g‘risida»gi qonunlarga kiritilmoqda. Yangi tartib atrof-muhitni himoya qilish, ekologik xavfsizlikni kuchaytirish va odamlar sog‘lig‘ini himoya qilishga qaratilgan.

Mudofaa vazirligida Call-markazi faoliyatini boshladi

Kollaj: Mudafaa vazirligi

Mudofaa vazirligi aholiga yanada qulay va tezkor xizmat ko‘rsatish maqsadida Call-markaz ishini yo‘lga qo‘ydi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati ma’lum qildi.

Ushbu tizim «Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida»gi Qonunga muvofiq tashkil etilgan bo‘lib, fuqarolardan kelib tushayotgan murojaatlarni tezkor qabul qilish va ularni hal etish uchun mo‘ljallangan.

4-noyabr uchun valyuta kurslari e’lon qilindi

Курс доллара

Foto: David Trinks / Unsplash

4-noyabr uchun valyuta kurslari e’lon qilindi. Shu kun uchun AQSh valyutasi 11 972,34 so‘m (-32, 75 so‘m) etib belgilandi. Bu haqda Markaziy bank xabar bermoqda.

Markaziy bank ma’lumotlariga ko‘ra, yevro 112,14 so‘mga tushib, 13 786,15 so‘mni, rubl esa 0,77 so‘mga tushib, 147,79 so‘mni tashkil qildi.

Boysundagi gaz konida yana yong‘in chiqdi

ЧП на Байсуне

Foto: raquel raq / Unsplash

Surxondaryo viloyatining Boysun tumanida gaz sizib chiqish holati qayd etildi. Bu haqdagi videolar ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi. Mahalliy aholi havo tarkibida gaz hidi sezilayotgani va nafas olish qiyinlashgani haqida ma’lum qildi.

Hozircha hech qaysi tashkilot voqea yuzasidan izoh bermadi. Hodisaning sabablari va oqibatlari o‘rganilmoqda. Kursiv Uzbekistan hodisaga oid tafsilotlarni aniqlashtirish uchun Energetika vazirligiga so‘rov yubordi.

Markaziy bank uchta mikromoliya tashkilotini reyestrga kiritdi

Foto: depositphotos.com

Markaziy bankning bank nazorati qo‘mitasi mikromoliya tashkiloti faoliyatini amalga oshirishga ruxsat beruvchi navbatdagi qarorlarni qabul qildi. Bu haqda regulyator matbuot xizmati xabar berdi

Qamchiq dovonida qor yog‘di — video

Qamchiq dovonida qor yog‘di

Qamchiq dovonida qor yog‘di. Ekran tasviri videodan olindi

Namangan viloyatining Qamchiq dovonida qor yog‘di. Dovonning yuqori qismida mayin qor yog‘di. FVV, Yo‘l-patrul xizmati (YPX) va «Qamchiqavtoyo‘l» xodimlari yo‘llarni qordan tozalash, muzlamaning oldini olish va qum-tuz aralashmasini sepish ishlarini amalga oshirdi.

Ingliz tili o‘qituvchilarining attestatsiya bo‘yicha noroziliklariga vazirlik javob berdi

Ingliz tili o‘qituvchilarining attestatsiya bo‘yicha noroziliklariga vazirlik javob berdi

Ingliz tili o‘qituvchilarining attestatsiya bo‘yicha noroziliklariga vazirlik javob berdi. Foto: ijtimoiy tarmoq

Joriy yilning 30 – 31-oktabr kunlari o‘tkazilgan ingliz tili o‘qituvchilari attestatsiya natijalari ijtimoiy tarmoqlarda tanqid va e’tirozlarga sabab bo‘ldi. Vazirlik keng muhokamalarga sabab bo‘layotgan holat yuzasidan rasmiy munosabat bildirdi. Unga ko‘ra, pedagoglar test jarayonining o‘zida platforma orqali e’tiroz qoldirishi mumkin.

Inspektorni kapotda sudragan Gentra haydovchisiga jinoyat ishi ochildi — video

Toshkentda YHX inspektorini "kapot"da sudragan haydovchiga qarshi jinoyat ishi ochildi

Toshkentda YHX inspektorini «kapot»da sudragan haydovchiga qarshi jinoyat ishi ochildi / Foto: Videodan olindi

Toshkentda Gentra haydovchisi Yo‘l harakati xavfsizligi xizmatining inspektorini avtomobil kapotida sudragani sababli hibsga olindi. Hodisa 2-noyabr Yashnobod tumani, Farg‘ona yo‘li ko‘chasida sodir bo‘lgan. Surishtiruv davomida aniqlanishicha, haydovchi 2001-yilda tug‘ilgan va uning avtomobilida jami 144 ta yo‘l harakati qoidabuzarliklari qayd etilgan

Boysundagi konda havoga zararli moddalar tarqalmasligi uchun gaz yoqildi — vazirlik

Boysundagi konda havoga zararli moddalar tarqalmasligi uchun gaz yoqildi — vazirlik

Boysundagi konda havoga zararli moddalar tarqalmasligi uchun gaz yoqildi — vazirlik. Foto: Unsplash

Avvalroq Surxondaryo viloyatining Boysun tumanidagi kondan gaz sizib chiqish holati haqidagi videolar ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgandi. Holat yuzasidan Energetika vazirligi izoh berdi. Unga ko‘ra, tumandagi «M-25» konining 202-son gaz qudug‘ida avval yoqib qo‘yilgan olov texnik jarayon sabab vaqtinchalik so‘ngan. Shundan so‘ng havoga zararli moddalarning tarqalishining oldini olish uchun gaz yana yoqib qo‘yilgan.

2026-yildan boshlab chiqindi to‘lovlari faqat onlayn amalga oshiriladi

2026-yildan chiqindi to‘lovlari faqat onlayn amalga oshiriladi

2026-yildan chiqindi to‘lovlari faqat onlayn amalga oshiriladi / Foto: Sapura Temirxanova / Kursiv Uzbekistan

2026-yil 1-yanvardan boshlab jismoniy va yuridik shaxslar chiqindi xizmatlari uchun to‘lovlarni faqat onlayn tarzda barcha elektron to‘lov tizimlari orqali amalga oshiradi. Internetga ulanmagan hududlarda esa to‘lovlar tijorat banklari kassalari yoki «O‘zbekiston pochtasi» orqali amalga oshirilishi mumkin.

Mirziyoyev global ijtimoiy adolat fondi va migrantlarni qo‘llab-quvvatlash dasturini yaratishni taklif qildi

Shavkat Mirziyoyev Dohadagi sammitda qanday tashabbuslarni ilgari surdi

Shavkat Mirziyoyev Dohadagi sammitda qanday tashabbuslarni ilgari surdi / Foto: prezident matbuot xizmati

Prezident Shavkat Mirziyoyev Qatarning Doha shahrida bo‘lib o‘tgan ijtimoiy rivojlanish bo‘yicha ikkinchi Butunjahon sammitida ishtirok etdi. Mirziyoyev sammitda O‘zbekistonning ijtimoiy rivojlanish sohasidagi strategik maqsadlari hamda xalqaro hamkorlik bo‘yicha bir qator takliflarini taqdim etdi.

Shavkat Mirziyoyev Qatarga tashrifini yakunlab, AQShga jo‘nab ketdi

Shavkat Mirziyoyevning Qatarga tashrifi yakunlandi

Shavkat Mirziyoyevning Qatarga tashrifi yakunlandi. Foto: prezident matbuot xizmati

Prezident Shavkat Mirziyoyev Qatar davlatiga amaliy tashrifini yakunlab, AQSh prezidenti Donald Trampning taklifiga binoan ushbu mamlakatga jo‘nab ketdi. Prezident mazkur davlatda Markaziy Osiyo mamlakatlari va AQSh yetakchilarining «C5+1» formatidagi sammitida ishtirok etdi.

Dunyodagi eng badavlat odamlari yashaydigan Top-10 shahar nomi ma’lum qilindi

Nyu York

Foto: Depositphotos

Boyligi $30 mlndan ortiq bo‘lgan insonlar soni so‘nggi yillarda tez sur’atlarda oshmoqda. Altrata kompaniyasi hisobotiga ko‘ra, bu toifadagi aholining 19 foizi atigi 10 ta yirik shaharda yashaydi. Ro‘yxatda Nyu-York birinchi o‘rindan joy olgan bo‘lsa, undan keyingi o‘rinlarni Gonkong va Los-Anjeles shaharlari egalladi.

Shuningdek