
44 yoshli mutaxassis Timur Kapadze noyabr oyida BAAda o‘tkaziladigan xalqaro o‘rtoqlik turniri uchun terma jamoa yig‘iniga bormaydi. Bu haqda Championat Asia xabar bermoqda.
O‘zbekiston bu musobaqada Erоn, Misr va Kabo-Verde bilan birga ishtirok etadi. Ushbu to‘rt jamoa 2026-yilgi jahon chempionati ishtirokchilari hisoblanadi.
O‘zbekistonni mundialga olib chiqqan Timur Kapadze bu yig‘inda qatnashmaydi. Rahbariyat uning faoliyatini shu bosqichda yakunlashga qaror qilgan.
Milliy jamoa delegatsiyasi ertaga BAAga yo‘l oladi.
Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Husanov va bir qator o‘yinchilar milliy terma jamoaga chaqirilgani haqida yozgan edi.