Urgutda hokim yordamchisi va advokat pora olayotganda ushlandi

eʼlon qilindi
Urgut tuman tibbiyot birlashmasi tekshiruvida 61 mln so‘mlik kamomad aniqlangan
Foto: DXX

Urgut tumanida hokim yordamchisi va advokat pora olayotganda ushlandi. Bu haqda DXX xabar bermoqda.

Ma’lum bo‘lishicha, Urgut tuman tibbiyot birlashmasi tekshiruvida 61 mln so‘mlik kamomad aniqlangan. Prokuratura tomonidan JKning 167-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Tekshiruv davomida tumandagi mahallalardan biri hokim yordamchisi ishga aloqador shaxsning jinoyat ishini yengil hal qilib berish uchun $2,5 ming olgan paytda DXX tomonidan ushlandi.

Tezkor tadbir davom ettirilib, hokim yordamchisi pulni mahalliy advokatga topshirishi rejalashtirilgani ma’lum bo‘ldi. Shundan so‘ng advokat ham $2,5 mingni olayotganida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olindi.

Tergovga ko‘ra, advokat mansabdor tanishlari orqali ishni JPKning 84-moddasi asosida to‘xtatib berishni va’da qilgan.

Hozir hokim yordamchisi va advokatga nisbatan JKning 168 hamda 28,211-moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Toshkent viloyatida fermer xo‘jaligining yerini sotmoqchi bo‘lganlar ushlangani haqida yozgan edi.

Shuningdek