Avto

Xpeng G6 avtomobili qanday imkoniyatlar bilan taqdim etiladi

Xpeng
Foto: CarNewsChina

Xpeng kompaniyasi tomonidan Xpeng G6 avtomobilini taqdim etishga tayyorlanmoqda. Bu haqda CarNewsChina xabar bermoqda.

Manbada yozilishicha, model 55,8 kVt/soat sig‘imli akkumulyator bilan jihozlanadi va WTLC bo‘yicha 325 km elektr masofasini ta’minlaydi.

Modelda 1,5 litrli turbo dvigatelga ega 110 kV quvvatli «range-extender» moslamasi va orqa o‘qdagi 218 kV elektr motor o‘rnatiladi. Dvigatel Dong‘an Powertrain tomonidan ishlab chiqarilgan.

G6 EREV o‘lchamlari to‘liq elektr G6 modeli bilan bir xil: uzunligi 4771 mm, eni 1920 mm, balandligi 1650 mm, g‘ildirak bazasi 2890 mm. Maksimal tezligi 202 km/soat. Dizayn ham deyarli o‘zgarmagan: pastga egilgan old qism, uzluksiz LED chiziqli optika, yashirin eshik tutqichlari va fastbek uslubidagi tom. Disklar R18 yoki R20 variantlarda taklif etiladi.

Foto: CarNewsChina

Model Xpeng‘ning Kunpeng Super Electric System strategiyasi doirasida ishlab chiqilgan. 325 km elektr yurish masofasi kundalik foydalanish uchun yetarli, undan keyin dvigatel yordamchi generator sifatida ishga tushadi. Rasmiy arizada umumiy masofa ko‘rsatilmagan, ammo avvalgi xabarlarda ayrim EREV modellarining 1400 km gacha umumiy masofaga ega bo‘lishi aytilgan.

MIIT ma’lumotiga ko‘ra, G6 EREV hozir rasmiy sertifikatlash jarayonidan o‘tmoqda. Rasmiy taqdimot sanasi e’lon qilinmagan, biroq model yil oxirigacha tanishtirilishi kutilmoqda. Narx ham ma’lum emas. Hozirgi BEV G6 modeli Xitoyda 176 800 yuandan (taxminan $24 ming) boshlanadi.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Xpeng X9 EREV oldindan buyurtma savdosini boshlagani haqida yozgan edi.