
11-noyabr uchun valyuta kurslari e’lon qilindi. Shu kun uchun AQSh valyutasi 12 014,94 so‘m (-45,33 so‘m) etib belgilandi. Bu haqda Markaziy bank xabar bermoqda.
Dollarning so‘nggi kunlardagi o‘zgarishi
So‘nggi besh kun ichida dollar kursida pasayish ustun bo‘ldi. 4-noyabr kuni dollar 11 972,34 so‘m (-32, 75 so‘m), 5-noyabr kuni 11 950,63 so‘m (-21,71 so‘m), 6-noyabr kuni 11 970,67 so‘m (+20.04 so‘m), 7-noyabr kuni 12 022,92 so‘m (+52,25 so‘m), 10-noyabrda esa 12 060,27 so‘m (+37,35 so‘m) etib belgilangan edi.

Markaziy bank ma’lumotlariga ko‘ra, yevro 16,27 so‘mga tushib, 13 900,08 so‘mni, rubl esa 0,56 so‘mga tushib, 148,31 so‘mni tashkil qildi.
Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan AQSh dollari qanchaga pasaygani haqida yozgan edi.