
Changan kompaniyasi tomonidan yangi Changan Qiyuan A06 avtomobili chiqarildi. Bu haqda ITHome xabar bermoqda.
U Liftbek SDA platformasida ishlab chiqilgan. Model EV va gibrid ko‘rinishda taklif etiladi. Narx 109 900 yuandan ($15,4 ming) boshlanadi.
Avtomobil 4885x1916x1496 mm o‘lchamda. G‘ildirak bazasi 2922 mm. EV versiyada old tomonda 108 litr joy, asosiy bagaj esa 656 litr. Ikkalasi ham logotipga tegish orqali ochiladi.

Yuqori rusumlarda TianShu Intelligent Driving tizimi bor. Unda lidar, 3 mm-diapazon radar, 12 ta ultratovush datchigi va 11 kamera ishlaydi. Tizim trassada avtopilot, favqulodda tormoz, to‘siqlardan qochish va avtoparkovka funksiyalarini beradi.
Salon minimalistik uslubda ishlangan. Barcha o‘rindiqlarda isitish, ventilyatsiya va massaj bor. Orqa o‘rindiq 145° gacha yotadi. Ichki qismlar orasida 4,6 litrli sovitkich, 67 Vt quvvatli USB-C, 256 rangli yorug‘lik va 20 dinamikali NEVO akustikasi mavjud.

Texnik ko‘rsatkichlar:
EV versiya 163 yoki 285 ot kuchi 51,48 va 63,18 kVt/soat batareya zaxira yo‘l 510 – 630 km. (CLTC)
Gibrid 1,5 litr benzin dvigateli 98 ot kuchi 163 ot kuchli elektromotor 28,39 kVt·soat batareya Elektrda 240 km yuradi. (CLTC)
Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan 12 ming dollarlik Changan CS75 Plus taqdim etilgani haqida yozgan edi.