
BMW 2026-yilgi iX3 M Sport Package Pro elektromobil krossoverini taqdim etdi. Bu haqda BMW Blog ma’lum qildi.
Model Neue Klasse dizaynini olgan bo‘lib, M Brooklyn Grey Metallic rangi, M Sport Package Pro paketi, qizil tormoz kaliperlari va 22 dyuymli g‘ildiraklar bilan jihozlangan. Panoramik lyuk va yangi tekis BMW logotipi dizayn falsafasini aks ettiradi.
Salonida M brendi bilan bezatilgan sport kreslolar, yangi ikki halqali rul va M ranglaridagi xavfsizlik kamarlar mavjud. Ichki bezaklar yuqori toifadagi konfiguratsiyaga moslashtirilgan. Dvigatel va quvvat tizimi tafsilotlari keyinchalik e’lon qilinadi.

Ishlab chiqarish Debretsen (Vengriya) zavodida boshlangan va birinchi yetkazib berishlar 2026-yil bahorida Yevropaga, yozida esa AQShga rejalashtirilgan. Keyinchalik iX3 M60 va to‘liq M-versiya chiqarilishi kutilmoqda. Shuningdek, BMW 40 xDrive va 40 sDrive kabi arzonroq variantlarni ham taqdim etadi, bu esa kirish darajasidagi modellarga mos keladi.
BMW iX3 kelajakdagi i3 sedan va iX4 modellari uchun ham shunga o‘xshash konfiguratsiya strukturasini joriy etishi kutilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq BMW 330 mingdan ortiq avtomobillarini qaytarib olayotgani haqida xabar bergan edik.