Avto

Chery yangi Tiggo 8 beshinchi avlodini Xitoy bozoriga chiqardi

Narxi $13 mingdan $17,2 minggacha
Chery yangi Tiggo 8 beshinchi avlodini Xitoy bozoriga chiqardi / Foto: Chery

Chery kompaniyasi yangi Tiggo 8 (5-avlod) krossoverini Xitoy ichki bozorida rasman taqdim etdi. Bu haqda ITHome nashri ma’lum qildi.

Avval faqat oldindan buyurtma asosida taklif qilingan avtomobil, ochiq savdolar bilan arzonlashdi: boshlang‘ich Comfort komplektatsiyasi 92,9 ming yuan ($13 mingdan ziyod), eng yuqori Flagship esa 122,9 ming yuan ($17.2 mingdan ziyod) turadi.

Foto: Chery

Model uzunligi 4749 mm, g‘ildirak bazasi 2825 mm, dizayni ikki xil: biri Tiggo 8 Plus uslubida, ikkinchisi katta olti burchakli radiator panjarasi bilan Audi krossoverlarini eslatadi. Bazaviy jihozlarga teri salon, 360° kamera, kalitsiz kirish, ikki zonali iqlim nazorati kiradi.

Texnik jihatdan krossover 1,6 litrli 200 ot kuchiga ega turbomotor va 7 pog‘onali robot uzatma qutisi bilan jihozlangan, yoqilg‘i sarfi esa 100 km uchun 7,2 litr.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Chery Exeed Exlantix ES 2026 avtomobili haqida yozgan edik.