Foxconn Nvidia serverlarini yig‘ishda gumanoid robotlardan foydalanadi

eʼlon qilindi
SI serverlari ishlab chiqarish uchun yetakchi smart-fabrika standartini yaratish maqsadida
Foxconn Nvidia serverlarini yig‘ishda gumanoid robotlardan foydalanadi / Foto: Sun’iy intellekt

Foxconn (Hon Hai Precision Industry) Hyustonda Nvidia serverlarini ishlab chiqarishda inson shaklidagi robotlarni sinovdan o‘tkazishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Digital Trends ma’lum qildi.

Kompaniya raisi Yang Liu ma’lum qilishicha, dastlabki pilot loyihani keyingi olti oy ichida ishga tushirish ko‘zda tutilgan.

Ma’lumot uchun, Foxconn dunyodagi eng yirik shartnoma asosidagi elektronika ishlab chiqaruvchilardan biri bo‘lib, ilgari sanoat robotlaridan keng foydalangan. Yangi loyiha esa Nvidia Isaac GR00T N modeliga asoslangan robotlar yordamida server ishlab chiqarishni avtomatlashtirishga qaratilgan. Maqsad — SI serverlari ishlab chiqarish uchun yetakchi smart-fabrika standartini yaratish va mavjud infratuzilmani katta o‘zgarishsiz ishlatish.

Hozircha robotlarning qaysi operatsiyalarni bajarishi va ishchi xodimlar bilan qanday ishlashini aniqlash jarayoni davom etmoqda. Shu bilan birga, loyiha SI serverlarini ishlab chiqarishda klassik avtomatlashtirishdan moslashuvchan robot tizimlariga o‘tish bo‘yicha muhim tajriba sifatida baholanmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston Nvidia bilan 3 mln dollarlik sun’iy intellekt markazini ishga tushirishi haqida yozgan edik.

Shuningdek